TEXNIKUM HAQIDA

"
Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi toʼgʼrisida maʼlumot
Проиграть видео

 

Kosonsoy tibbiyot kolleji Namangan viloyati Kosonsoy shahri Gulobod koʼchasi 10-uyda joylashgan. Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981 yil 10-avgustda tashkil topgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 14-avgustdagi № 338-qarori, Respublika Oʼrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi Markazining 30 noyabr 2001-yildagi 327- sonli buyrugʼi bilan kollej maqomi berilgan. Kosonsoy tibbiyot kolleji 2002 yilda rekonstruktsiya qilingan. Davlat byudjeti asosida jihozlangan. Quvvati 900 oʼrinli. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7-avgustdagi Oʼzbekiston Respublikasi uzluksiz boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisidagi 466-sonli qarori asosida Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maqomi berilgan.

 

Ushbu texnikumda uch oʼquv binosi, 7 ta oʼquv amaliy mashgʼulot trening zallari, 150-kishilik oshxona, 140-oʼrinli faollar zali mavjud. 100-oʼrinli oʼquvchilar yotoqxonasi mavjud. Oʼquvchilar taʼlim olishi uchun va tibbiyot sirlarini mukammal oʼrganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Texnikumda 18×28 metrli qishki sport zal, yozgi futbol, voleybol, basketbol maydonchalari mavjud.

Raxbariyat

Direktor

Maxmudova Rayxona Yusufxonovna

Oʼquv tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari

Baratov Sanjarbek Аbdusalomovich

Kasbiy taʼlim boʼyicha diektori oʼrinbosari

Rahimberdieva Gulzoda Аbdulborievna

Bosh xisobchi

Аbdullaev Аnvarjon Boxodirxonovich

Taʼlim axborot manbalari:

Texnikumda tashkil etilgan, oʼz fondida 18700 dan ortiq nashrga yega boʼlgan АRM (axborot-resurs markazi) alohida eʼtiborga loyiqdir. Bu yerda fanlar boʼyicha darslik va oʼquv qoʼllanmalar, uslubiy, ilmiy va badiiy siyosiy adabiyotlar ham mavjud.

АRM da elektron kutubxona mavjud boʼlib bazasidan har bir talaba foydalanishlari mumkin. Taʼkidlash joizki, zamonaviy axborot bazasi tizimlari bilan jihozlangan Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazining shakllanishi oʼquv jarayoni sifatini oshirish omillaridan biri boʼldi. Yaratilgan Аxborot texnologiyalari markazi eng soʼnggi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydi. АRM da 6 ta zamonaviy kompyuterlar mavjud boʼlib barchasi internet tarmogʼiga ulangan. 

Moddiy texnik baza

Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi moddiy texnik jihatdan doimiy boyitib kelinmoqda. Jumladan, texnikum oʼquv jarayonlarida foydalanish uchun 42 ta kompyuter (barchasi internet tarmogʼiga ulangan), 2 ta videoproektor, 40 ta televizor, 2 ta elektron doska, 2 ta masofadan oʼqitish texnikalari bilan taʼminlangan.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Nulla dignissim pretium turpis, id dapibus ex mattis vulputate. Sed sit amet turpis malesuada, pulvinar mi vel, laoreet urna. Proin congue tempor nisi in faucibus. 

Texnikum ustavi

Oʼqituvchilar xaqida maʼlumot

Texnikumda jami 84-nafar oʼqituvchilar xam nazariy, xam amaliy bilim berib kelmokda. 
Shulardan: 50 nafari tashqi oʼrindosh
34 nafari ichki oʼrindosh
Jumladan 5-nafar oliy toifali oʼqituvchi, 
5-nafar 1-toifali oʼqituvchi, 
10-nafar 2-toifali oʼqituvchi 
14-nafar oliy maʼlumotli oʼqituvchilar oʼz mutaxassisligi boʼyicha faoliyat olib borishmokda. Oʼquv xonalari xozirgi kundagi zamon talabiga javob beradigan jixozlar bilan jixozlangan boʼlib, amaliyot darslarida oʼquvchilarning xar biri bilan individual ishlash imkoniyatiga yega.

Kafedralar

Terapevtik va xirurgik fanlar kafedrasi

Xamshiralik ishi va pediatrik fanlar kafedrasi

Umumkasbiy fanlar kafedrasi

MANZIL:

O'zbekiston, Namangan viloyati, Shahar: Kosonsoy, Me'mor ko'chasi, 103

Biz bilan aloqa