"
Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi toʼgʼrisida maʼlumot
Проиграть видео
Kosonsoy tibbiyot kolleji Namangan viloyati Kosonsoy shahri Gulobod koʼchasi 10-uyda joylashgan. Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981 yil 10-avgustda tashkil topgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 14-avgustdagi № 338-qarori, Respublika Oʼrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi Markazining 30 noyabr 2001-yildagi 327- sonli buyrugʼi bilan kollej maqomi berilgan. Kosonsoy tibbiyot kolleji 2002 yilda rekonstruktsiya qilingan. Davlat byudjeti asosida jihozlangan. Quvvati 900 oʼrinli. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7-avgustdagi Oʼzbekiston Respublikasi uzluksiz boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisidagi 466-sonli qarori asosida Kosonsoy Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maqomi berilgan.
Ushbu texnikumda uch oʼquv binosi, 7 ta oʼquv amaliy mashgʼulot trening zallari, 150-kishilik oshxona, 140-oʼrinli faollar zali mavjud. 100-oʼrinli oʼquvchilar yotoqxonasi mavjud. Oʼquvchilar taʼlim olishi uchun va tibbiyot sirlarini mukammal oʼrganishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Texnikumda 18×28 metrli qishki sport zal, yozgi futbol, voleybol, basketbol maydonchalari mavjud.
Maxmudova Rayxona Yusufxonovna
Baratov Sanjarbek Аbdusalomovich
Rahimberdieva Gulzoda Аbdulborievna
Аbdullaev Аnvarjon Boxodirxonovich
Texnikumda tashkil etilgan, oʼz fondida 18700 dan ortiq nashrga yega boʼlgan АRM (axborot-resurs markazi) alohida eʼtiborga loyiqdir. Bu yerda fanlar boʼyicha darslik va oʼquv qoʼllanmalar, uslubiy, ilmiy va badiiy siyosiy adabiyotlar ham mavjud.
АRM da elektron kutubxona mavjud boʼlib bazasidan har bir talaba foydalanishlari mumkin. Taʼkidlash joizki, zamonaviy axborot bazasi tizimlari bilan jihozlangan Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazining shakllanishi oʼquv jarayoni sifatini oshirish omillaridan biri boʼldi. Yaratilgan Аxborot texnologiyalari markazi eng soʼnggi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydi. АRM da 6 ta zamonaviy kompyuterlar mavjud boʼlib barchasi internet tarmogʼiga ulangan.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Nulla dignissim pretium turpis, id dapibus ex mattis vulputate. Sed sit amet turpis malesuada, pulvinar mi vel, laoreet urna. Proin congue tempor nisi in faucibus.